Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
Yakkasaroy tumanida Lacetti tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2 may kuni soat 17:40 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta mashina piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaganini, Lacetti mashinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026