Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi
FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonida haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Foto: FVV
A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Gentra rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan.
Ushbu yo‘nalishida harakatlangan yana bir Mersedes rusumli avtomobil haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzillarga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida xandaqqa tushib ketgan avtomobil chiqarilgan va ikkinchi avtomobil xavfsiz hududga olib o‘tilgan.
Gentra rusumli avtomobilida haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ikkinchi avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Gentra rusumli avtomobil haydovchisi yengil tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
11:22 / 17.01.2026
Qamchiq dovonida qor va tuman tufayli ko‘rinish masofasi qisqardi
11:11 / 16.01.2026
Qamchiq dovonida qor yog‘moqda: yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda
14:04 / 26.12.2025
Qamchiqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchi shifoxonaga olib ketildi
09:45 / 20.12.2025