Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston prezidentining farmoniga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi agentligi negizida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tashkil (O‘rmon agentligi) etildi.
Foto: O‘rmon xo‘jaligi agentligi
Farmonga muvofiq O‘rmon agentligi:
– barcha o‘rmonlarning davlat hisobini hamda davlat o‘rmon kadastrini tuzadi va yuritadi;
– “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish, daraxt va buta ko‘chatlari pitomniklarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Mazkur farmonga asosan yangidan joriy etilayotgan tartibga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:43 / 27.12.2025
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
15:25 / 24.12.2025