Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
Yakkasaroy tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan G.D. fuqaro A.T.ga tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 2 turdagi dori vositasini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Uning boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi salonidan sotish maqsadida olib kelingan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1071 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
09:22 / 18.12.2025
Toshkent tumanida 38 mlrd so‘mlik dori ombori fosh etildi
19:46 / 17.12.2025
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi
14:40 / 17.12.2025