Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabrning ilk haftasi: respublika hududlarida allergenlar holati ma’lum qilindi
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan 1–7 dekabr kunlari gul chang qopqonlari orqali olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida havoda allergen o‘simliklar changi kam miqdorda, zamburug‘ sporalari esa o‘rta miqdorda kuzatildi. Qator viloyatlarda o‘simlik allergenlari aniqlanmagan, biroq zamburug‘ sporalari ayrim hududlarda o‘rtacha darajada qayd etilgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati
1 m³ havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxt va butalar, shuningdek o‘tsimon o‘simliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlar kam miqdorda qayd etildi. Zamburug‘ sporalari esa o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
Samarqand viloyati
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 m³ havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxt va butalar, o‘tsimon o‘simliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqlanmadi. Zamburug‘ sporalari esa o‘rta miqdorda uchrashi belgilandi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Ushbu hududlarda 1 m³ havoda allergen o‘simliklardan daraxt va butalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqlanmadi, o‘tsimon o‘simliklar bo‘yicha esa kam miqdorda qayd etildi. Zamburug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyatida 1 m³ havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxt va butalar aniqlanmadi, o‘tsimon o‘simliklar kam miqdorda qayd etildi. Zamburug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatida 1 m³ havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxt va butalar, o‘tsimon o‘simliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqlanmadi. Zamburug‘ sporalari esa kam miqdorda uchrashi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
18:14 / 23.11.2024