Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
DXX Chegara qo‘shinlari va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan “o‘zbek-qirg‘iz” chegarasini buzib o‘tgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning yonidan katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.
Foto: DXX
DXX Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududidan o‘tuvchi qismini buzib, qo‘shni davlatdan kirib kelgan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi.
Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvda uning yonida umumiy bahosi 1 mlrd 320 mln so‘mni tashkil etuvchi 9 542 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Mazkur vositalar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ta’kidlanishicha, “Zardeks” dori vositasi tarkibidagi “Pregabalin” moddasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi 818-sonli qaroriga muvofiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning erkin muomalasi cheklangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:15 / 02.04.2026
Geroinni svarka apparati ichiga yashirgan shaxs ushlandi
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
09:00 / 26.03.2026