09:02 / 17.08.2015
2435

Shanxay birjasidagi savdolar ochilishi bilan indeks tushishi kuzatildi

Shanxay fond birjasidagi ertalabki savdolar ochilishi bilan indeks tushishi kuzatildi. Xitoy fond bozorini barqarorlashtirishga javob beruvchi China Securities Finance Corp. kompaniyasi ilgariroq mamlakat moliyaviy bozorini qo‘llab-quvvatlash va bunday tushishlarga yo‘l qo‘ymaslikka va'da bergan edi.

Shanxay birjasining asosiy indeksi – Shanghai Composite Index 0.44 foizga tushib ketib, 3947.84 punktni tashkil qildi. Bu paytda Shenchjenning asosiy indeksi – Shenzhen Composite Index 0.2 foizga oshib, 2314.92 punktga yetdi.

Top