15:34 / 05.05.2016
8005

OAV: Ahmad Dovudo‘g‘li bugun iste'foga chiqishi mumkin

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bugun, 5 may kuni iste'foga chiqqani haqida e'lon qilishi mumkin. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda NTV xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Dovudo‘g‘li hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining kengashi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumani vaqtida o‘z iste'fosi haqida ma'lum qiladi. Shuningdek, bu haqda matbuot anjumanisiz ma'lum qilinishi ehtimoli mavjud.

Bundan oldinroq, bosh vazirning 2 haftadan keyin, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining 21 mayga belgilangan navbatdan tashqari s'yezdi yakunida iste'foga chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ahmad Dovudo‘g‘li 2014 yildan beri Turkiya bosh vaziri lavozimini egallab keladi. Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘li Yevroittifoq bilan migratsiya inqirozi bo‘yicha bitim tuzilayotgan vaqtda kelishmay qoldi. Uning ketishi bitim amalga oshishini gumon ostida qoldiradi.

Top