TATUda dasturlash bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 20-21 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning xududiy filiallari va Toshkent shahridagi INXA universitetlari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy olimpiada” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa mamlakatimizda ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarning faoligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.
Saralash natijalariga ko‘ra ikkinchi, final bosqichida Toshkent shahrining 13 jamoasi, Samarqand filialining 5 jamoasi, Urgench filialining 2 jamoasi, Farg‘ona filialining 3 jamoasi va Toshkent shahridagi INXA universitetining 1 ta jamoasi qatnashdilar.
Natijalar:
1-o‘rin. Tashkent U of IT 2 jamoasi.
Axmadaliyev Abdulla, Murtozaqulov Xo‘jamurod, Kalabayev Sharapat
Murabbiy: Maxmudov Anvarjon Zokirovich
2-o‘rin. Tashkent U of IT 1 jamoasi.
Qambaraliyev Shaxzod, Xo‘jabekov Samandar, Yeshonaliyev Azizbek
Murabbiy: Mo‘minov Baxodir Boltayevich
3-o‘rin. INHA #2 jamoasi.
Isakov, Mamataliyev, Xamidov
Bunday musobaqalar mamlakatimizda dasturlash industriyasiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni yetkazib berishda va Jahon olimpiadalarida O‘zbekiston sharafini ximoya qilib, bayrog‘ini baland ko‘taradigan jamoalarni shakllantirishda poydevor vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston | 15:13
-
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:57
-
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi
Jahon | 14:55