Jahon | 18:18 / 22.07.2016
9299
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko ukrainaliklarni Volin fojiasi uchun uzr so‘rashga chaqirdi

Foto: Globallookpress.com

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Polsha Seymining Volin fojiasini genotsid sifatida tan olishidan afsusda ekanini bildirdi. Shu bilan birga, u mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, o‘sha voqealar uchun kechirim so‘rashga chaqirgan. Bu haqda davlat rahbari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilgan

«Biz Ioann Pavel II (marhum Rim papasi)ning duosini aytishimiz kerak — kechiramiz va kechirim so‘raymiz», — deya Polsha quyi palatasi qaroriga izoh bergan Ukraina davlat rahbari. 

Prezident shuningdek, mazmunidan Polsha va Ukraina xalqlariga murojaat etib, «faqatgina birgalikda umumiy tariximizning fojiali sahifalarini aniqlay olamiz», - deya ta'kidlagan.

Polsha Volin fojiasini genotsid sifatida tan oldi

Mavzuga oid