O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini uning bevasi va kenja qizi ziyorat qilishdi. "O‘zbekiston" telekanalida bu jarayon tasvirlari berildi.
Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva Shohi Zinda majmuasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda marhumni xotirlash marosimida ishtirok etishgan.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr kuni insultdan keyin vafot etdi. Marhum 3 sentabr kuni o‘z ona shahri Samarqandga, Shohi Zinda majmuasi hududidagi Hazrati Hizr qabristoniga dafn etildi.