Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari tashiluvchi muntazam konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yadi
Toshkent va Ostona O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva va sabzavotlar tashiluvchi muntazam konteyner poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldi.
Bu kelishuv O‘zbekiston respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov va Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin o‘rtasida 22 sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda qabul qilingan.
Tomonlar uchrashuvida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yuzasidan aniq choralar muhokama qilingan.
Qozog‘iston bosh vaziri saytida xabar berilishicha, muzokaralar natijasida Qozog‘istondan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi, bug‘doy, un eksportini oshirish, ikki davlat hududi bo‘ylab o‘tadigan yuk oqimlari uchun qulay tarif sharoitlari yaratish, temir yo‘l transporti xizmatlari uchun ikki tomonlama imtiyozlar, O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari eltadigan muntazam konteyner poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.
Azimov Qozog‘istondan O‘zbekistonga un va neft mahsulotlari eksporti hajmi oshirilishi muhimligini qayd etgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonning mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish mexanizmlarini yaratish, qishloq xo‘jaligi, neftkimyo, farmatsevtika, kimyo sohalarida o‘zaro mahsulot almashishni ta'minlash kafolati bo‘lgan qo‘shma savdo uylari ochish, bojxonalararo axborot almashishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
«Ostona yoki Olmaota shahrida qo‘shma korxonalar shaklida qo‘shma savdo uylarini ochish bizning ikki tomonlama qiziqishlarimizga mos keladi», — deya qayd etgan Azimov.
Ikki davlat bozorlarining o‘zaro investitsiyalar uchun ochish, biznes doiralar va iqtisodiyotning real sektori korxonalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta'kidlandi.
Tashrif yakunida Asqar Mamin va Rustam Azimov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha bayonnomani imzolagan.
Mavzuga oid
20:43 / 10.06.2025
Rustam Azimov: “Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”
15:45 / 15.10.2021
Rustam Azimov hukumatdan ketganidan beri ilk marta OAVda chiqish qildi
18:03 / 21.11.2020
Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi
13:18 / 26.02.2020