Jamiyat | 15:13 / 04.10.2016
19195
1 daqiqa o‘qiladi

Yoqutistonlik talaba quloqchinlar tufayli muallimga hujum qildi

Internet tarmoqlarida Yoqutistondagi kollejda mashg‘ulotlar ketayotgan paytda talabaning muallimga hujum qilgan videosi keng tarqalmoqda. Bu haqida News.Ykt.Ru nashri xabar berdi

Pedagog dars vaqtida quloqchinda o‘tirgan o‘smirga tanbeh beradi, biroq u bunga hech qanday munosabat bildirmay o‘tirishda davom etaveradi. Shunda muallim talabadan telefonni tortib oladi va yigit kutilmaganda muallimni urmoqchi bo‘lib, unga hujum qiladi. Buni ko‘rgan talabalar muallimga yordamga kelishadi. 

Manbaga ko‘ra, voqea joriy yilning 3 oktabrida Neryungri shahridagi Janubiy Yoqutiston texnologiya kollejida sodir bo‘lgan. O‘quv muassasasidan agentlikka aytishlaricha, u yerda tekshiruv ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

ReN TV ma'lumotlariga ko‘ra, muallimga hujum qilgan va voqeani tasvirga tushirgan o‘smirlarni talabalar safidan chetlatishga qaror qilingan. 

Mavzuga oid