Rossiya prezidenti Ostonaga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi. Putin Ostonada Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.
Forumning qolgan ishtirokchilari orasida ikki davlatning yirik tadbirkorlari, asosiy vazirlik va boshqarmalari rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlari va Qozog‘iston viloyatlari rahbarlari bor. Kun tartibiga ikki davlat o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini minimallashtirish hamda turizm sohasidagi hamkorlik masalalari kiritilgan.
Putin tashrifi doirasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi. Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa mintaqaviy uyushmalar doirasidagi o‘zaro integratsion harakatlarning eng muhim masalalarini muhokama qilishni rejalashtirishgan.
Mavzuga oid
10:20 / 12.09.2024
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi boshlandi
18:58 / 17.08.2024
Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi
12:50 / 15.08.2024
Rossiyadagi «Armiya-2024» forumida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi
14:00 / 04.07.2024