Sport | 16:55 / 04.10.2016
6175
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasidagi o‘yinni Benjamin Uilyams boshqaradi

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “A” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Eron uchrashuvini Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

6 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinda Uilyamsga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

Mazkur uchrashuv nazoratchisi sifatida Birlashgan Arab Amirliklaridan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo‘lsa, falastinlik Jabril Ali komissar sifatida ishlaydi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid