Jamiyat | 19:22 / 01.11.2016
3331
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada daydi itlarning xo‘jayinlarini jazolash uchun DNK bazasi tashkil etildi

Foto: © AFP

Ispaniya sharqidagi Mislat shahar ma'muriyati ko‘chalarda daydib yurgan itlarning xo‘jayinlarini aniqlash va ularga jarima solish maqsadida itlarning DNK bazasini ishga tushirdi.

Valensiya provinsiyasidagi shahar amaldorlarining aytishicha, politsiya ko‘chada daydib yurgan itlarning ekskrementi namunasini maxsus laboratoriyaga jo‘natadi va shunda it kimga taalluqli ekanligi oydinlashadi.

It egalari 31 dekabrga qadar jonivorlaridan qon analizi oldirish uchun veterinarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Ma'lumotlar bazaga kiritilgach, it egasiga nom yozilgan maxsus yorliqcha beriladi.

Kim itini ro‘yxatdan o‘tkazmasa, unga 300 yevro miqdorida jarima solinadi.

Itlarning beparvo egalariga nisbatan esa 200 yevro jarima jazosi belgilangan.

Mahalliy amaldorlarning aytishicha, jamoatchilik mazkur yangilikni yaxshi kutib olgan va qo‘llab-quvvatlamoqda.
 

Mavzuga oid