O‘zbekiston | 15:03 / 03.11.2016
9210
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning sahifalari paydo bo‘lmoqda

Foto: «Joinfo»

Tvitter, feysbuk va instagram ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek, telegram ilovasida O‘zbekiston prezidentligi saylovida nomzod bo‘lmishlarning sahifalari ochilmoqda.

Xususan, bu borada «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faollik ko‘rsatmoqda. Partiya ilgari surgan nomzod Sarvar Otamuratov nomidagi akkauntlar tvitter, instagram hamda odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlarida ochilgan. Shuningdek, nomzodning telegramda ham kanali mavjud. Bu akkauntlar haqiqiyligi haqidagi ma'lumot partiya matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.

Sarvar Otamurodovning tvitterdagi sahifasi:

O‘z navbatida, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning sahifasi feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida yuritilmoqda.

Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov ham tvitter va feysbuk tarmoqlarida o‘z sahifalariga ega. Bu sahifalarda saylovoldi tashviqoti jonli ravishda yoritilib borilmoqda.

Mavzuga oid