Jahon | 08:24 / 05.11.2016
4338
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqdagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: © AP

Iroqning Kirkuk viloyatidagi portlash oqibatida 12 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyaga tegishli bo‘lgan transport vositasi portlagan. Ma'lum qilinishicha, mahalliy aholi orasidan bir guruhi transport vositasida IShID nazorati ostidagi Xavija shahrini tarq etmoqchi bo‘lgan. Qurbonlar orasida, ayollar, bolalar va politsiya xodimlari bor. 

Hozircha voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, portlash transport vositasi jangarilar qoldirgan minani bosib olishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Yana bir taxminga ko‘ra, yo‘lovchi ayollardan birining yuki orasida portlovchi qurilma bo‘lgan.

 

Mavzuga oid