Toshkentda yana 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida shaharda jamoat transportidan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
Uning fikricha, bu borada avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
«Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard so‘m bo‘lgan 4ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shaharda serqatnov, tirband hududlar bo‘yicha 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Har yili katta va o‘rta sig‘imdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjyet hisobidan 335 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi», – degan Shavkat Mirziyoyev.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Toshkentda 145ta avtobus yo‘nalishi mavjud bo‘lib, poytaxt avtoparkida 671ta Mercedes va 761ta Isuzu markali avtobus bor.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi
O‘zbekiston | 14:03
-
Yevropa osmonidan Etihad’gacha – o‘zbekistonlik styuardessa hikoyasi
Jamiyat | 13:05
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025