Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an turk armiyasining Suriyaga kirishdan asl maqsadini aytdi
Anqara Suriyada harbiy operatsiyani Suriya prezidenti Bashar Asadning hukmronligiga chek qo‘yish uchun boshlagan, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
"Suriyada 600 ming kishi halok bo‘lgan deyishmoqda, biroq fikrimcha, halok bo‘lganlar millionga yaqin. BMT qani, nima qilmoqda? Biz uzoq chidadik, biroq oxir-oqibat Suriyaga "Ozod Suriya armiyasi" bilan borishga majbur bo‘ldik", deb aytdi Erdo‘g‘an Istanbulda Quddus bo‘yicha o‘tkazilgan simpoziumda.
Uning aytishicha, Turkiya Suriya yerlariga da'vogarlik qilmaydi, bu yerlar "o‘z egalariga tegishli bo‘lishi kerak".
"Biz u yerga adolatni tiklash va Suriyada davlat terrorini uyushtirgan, shafqatsiz zolim Asadning hukmronligiga chek qo‘yish uchun borganmiz", deb aytdi Erdo‘g‘an operatsiyaning asl maqsadi haqida.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026