Jamiyat | 14:26 / 05.12.2016
3827
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Karachidagi yong‘indan jabr ko‘rganlar soni 70 nafarga yetdi

Foto: CNN

Pokistonning Karachi shahridagi mehmonxonalardan birida chiqqan yong‘indan jabrlanganlar soni 70 nafarga yetdi. Bu haqda Dawn gazetasi yozmoqda.

Avval 11 kishi halok bo‘lib, 30 kishi jabrlangani haqida ma'lum qilingan edi.

Karachidagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan 70 nafar jabrdiydadan, 30 nafarining salomatligi juda og‘ir vaziyatda, deb yozmoqda Dawn.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Sind viloyati Karachi shahridagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgan yong‘in 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa erta tongda "Rijyent plaza" mehmonxonasida yuz bergan. Yong‘in oshxonada paydo bo‘lgan hamda tezlik bilan 6 qavat bo‘ylab tarqalgan. Bunda mehmonxona mijozlarining chiqish yo‘llari to‘silib qolgan.

Mavzuga oid