Ukraina sudi "Gazprom"dan 6,5 mlrd dollar undirishga hukm qildi
Kiyev xo‘jalik sudi Ukraina antimonopol qo‘mitasining Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasiga qarshi da'vo arizasini to‘liq hajmda qondirdi. Da'vo arizasiga ko‘ra kompaniyadan 86 mlrd griven (3,3 mlrd dollar) jarima hamda u bo‘yicha penya majburiy tarzda undirilishi talab qilingan. Bunga Ukraina gaz-transport tizimi orqali tabiiy gazni tranzit qilish bozorida monopol mavqeni suiiste'mol qilish sabab bo‘lgan.
"Undiriladigan umumiy miqdor 171 mlrd grivenni (6,577 mlrd dollar) tashqil qiladi", deb aytilgan Ukraina antimonopol qo‘mitasi xabarida.
2015 yilda qo‘mita rahbari Yuriy Terentev 2009-2015 yillarda "Gazprom" Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyasi bilan shartnoma shartlarini buzgani, jumladan "Gazprom" tomonidan Ukraina hududi orqali Yevropaga uzatiladigan gaz hajmi kamaytirilganini aytgan. Ukraina kompaniyasi gaz tranziti hajmi kamaytirilgandan ko‘rgan ziyonini 6 mlrd dollarga baholagan. Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi hamkorlikning shartlarini iqtisodiy asoslangan va o‘zaro manfaatli o‘zgartirish bo‘yicha murojaatlarni rad etgan.
2016 yilda qo‘mita "Gazprom"ga jarima solgan va uni 2 oyda to‘lashni talab qilgan. "Gazprom" Ukraina qonunlarining buzilishi bo‘yicha ayblovlarni rad etgan.
2016 yil davomida "Gazprom" birin-ketin Kiyev xo‘jalik sudi, Kiyev hakamlik xo‘jalik sudi, Ukraina oliy xo‘jalik sudi va Ukraina oliy sudiga shikoyatlar bergan, biroq jarimaning bekor qilinishiga erisha olmagan.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024