O‘zbekiston | 12:43 / 06.12.2016
7200
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston rahbari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: AFP

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabriknoma yo‘lladi.

Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabarida keltirilishicha, maktubda Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yuqori darajasi, shuningdek, kelgusida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda o‘rnatilgan sermahsul hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash tarafdori ekani qayd etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid