22:51 / 08.12.2016
6105

AQShdagi fast fud iste'molchilari soni besh yilda birinchi marta kamaydi

Foto: Getty Images

Fast fud bilan oziqlanuvchi amerikaliklar soni joriy yilning uchinchi choragida 1 foizga kamaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, 5 yilda birinchi marta ana shunday natijaga erishildi. Bu haqida MarketWatch nashri NPD Group kompaniyasi tadqiqotiga asoslanib xabar berdi. 

Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, bunday vaziyat AQSh supermarketlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining so‘nggi 12 oyda 2,4 foizga pasayishi bilan bog‘liq. Shuni ta'kidlash joizki, ba'zi mahsulot turlari, masalan, tuxum narxi ikki barobar pasaygan. 

NDP tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning to‘rtdan uch qismi so‘nggi paytlarda restoranlarga kamroq pul sarflaydigan bo‘lishdi. So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati restoranlardagi narxlarning haddan tashqari qimmatligidan shikoyat qilishgan. 

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yillikda restorandagi o‘rtacha hisob 21 foizga oshgan. 

 

Top