Shavkat Mirziyoyev bosh vazirlik lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Senatining bugungi yig‘ilishda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma'lum qilgan.
«Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror sizning qo‘lingizda. Marhamat ovoz bering», — degan Yo‘ldoshev yig‘ilishda.
Bu qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish parlament palatalari tomonidan alohida-alohida ko‘rib chiqilgan va tegishli qaror qabul qilingan.
Qonunchilikka ko‘ra, parlamentning ikki palatasi bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birgalikda iste'foga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 dekabr kuni Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bosh vazirlik uchun Abdulla Oripov nomzodini taklif qilgandi.
14 dekabr kuni Oripov ushbu lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

12:15 / 22.02.2025
O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilmoqda

20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

23:15 / 20.02.2025