Parlamentda köpçilik öringa ega bölgan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati − Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi boş vazirlik uçun nomzodini taklif qildi.
Bugun ötkazilgan partiya yiğilişida Boş vazir lavozimiga Abdulla Oripov nomzodi ilgari surildi va tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lumot berdi.
Abdulla Oripov şu yilning sentabr oyida hukumatga qaytarilgandi. U 13 sentabr kuni Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekiston boş vazirining örinbosari, Yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlagandi.

1961 yilda tuğilgan Abdulla Oripov 10 yildan ortiq — 2002 yil may oyidan 2012 yilning avgustiga qadar boş vazir örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
U axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari (2009 yil oktabriga qadar — ta'lim, soğliqni saqlaş, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va kommunikatsiya masalalari) kompleksiga ham rahbarlik qilgan.
Şu bilan bir vaqtda, 2005—2009 yillar davomida Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligini boşqargan.
Ma'lumot uçun, Konstitutsiyaning 98-moddasiga köra boş vazir:
— Hukumat faoliyatini taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali işlaşi uçun şaxsan javobgar böladi;
— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
— xalqaro munosabatlarda Özbekiston hukumati nomidan iş köradi;
— Özbekiston qonunlarida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni bajaradi.
2016 yilning sentabridan boşlab esa boş vazirning yana bir vazifasi paydo böldi: u virtual qabulxona orqali aholidan kelib tuşayotgan şikoyat va murojaatlarni körib çiqib, samarali hal etiş bilan şuğullanadi.

Asosiy qonunning 98-moddasida keltirilgandek, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.












