Özbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi şu yilning 14 dekabr kuni bölib ötadi. Bu haqda kun.uz naşriga parlamentdagi manbalar ma'lumot bergan.
Bu qaror Senatning 13 dekabrda boşlangan majlisida qabul qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bölib ötgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz töplab ğolib bölgan edi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Prezident Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yiğilişida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi:
“Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman”.













