17:23 / 22.12.2016
6112

Turkiyalik 16 harbiy Suriyaning Al-Bob shahridagi harbiy harakatlar vaqtida halok bo‘ldi

"Frot qalqoni" harbiy amaliyoti doirasida Suriyaning Al-Bob shahriga kirgan Turkiya armiyasi 16 kishi yo‘qotdi. Shuningdek, 33 nafar turkiyalik harbiy jarohatlangan. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi ma'lumotida keltirilgan.

Al-Bobni IShIDdan ozod etish uchun hujum boshlanganida turkiyaliklar 4 yo‘qotish bo‘lgani va 11 kishi jarohatlangani haqida ma'lum qilgandi.

Turkiya armiyasi 24 avgust kuni Suriya shimolida IShIDga qarshi "Frot qalqoni" nomi ostida harbiy harakatlar boshlagandi. Turkiyaliklar Suriya muxolifati hamkorligida harakatlanib, chegaradagi Jarablus shahrini egalladi va Al-Bobni qo‘lga kiritish uchun yurish boshladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an operatsiyadan maqsad Suriya shimolida qochqinlar uchun 5 ming kvadrat kilometr maydonda xavfsiz hudud yaratish ekanini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top