14:35 / 28.12.2016
9865

Ford Mustang’lar Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Ford Mustang’ning ikkita driftli kupesi Ginness rekordini o‘rnatdi. Ular avtomobil g‘ildiraklarida eng katta rasmni “chizishgan”. 

“Pushti rang tasma” (oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashuvchi dasturlarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot va shaxslarning xalqaro timsoli)ni eslatuvchi rasmning umumiy maydoni 883,98 metrni tashkil qildi. 

Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilganlik haqidagi sertifikat AlJazirah Vehicles Agencies va AlJazirah Ford Racing kompaniyalariga berildi. Ular Ford mashinalarining BAAdagi dileri sanaladi. 

Avtomobillar bunday timsolni “chizish”ga 45 daqiqa vaqt sarflashdi. 

Mavzuga oid
Top