Jahon | 17:29 / 02.01.2017
10367
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Turkiya politsiyasi Istanbul shahrida 1 yanvar kungi teraktga aloqadorlikda gumon qilib, 8 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatdi.

Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan Reina nomli tungi klubga 1 yanvarga o‘tar kechasi Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohatlandi.

Bundan oldingi xabarlarda mahalliy politsiya ushbu terakt O‘zbekiston fuqarosi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Keyinroq, IShID ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Avvaliga terrorchi politsiya tomonidan yo‘q qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.

Mavzuga oid