IŞID Turkiyaning Istanbul şahridagi Reina tungi klubiga uyuştirilgan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq uşbu terakt IŞID a'zosi bölgan özbekistonlik tomonidan sodir etilgan bölişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

1 yanvarga ötar keçasi Istanbulning Yevropadagi qismida joylaşgan tungi klubda Yangi yil bayrami nişonlanayotgan vaqtda Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan şaxs bostirib kirib, odamlarni öqqa tutdi. Bu hujum oqibatida 39 kişi halok bölib, 69 kişi yaralangan holda şifoxonaga yotqizildi. Qurbonlar orasida 16 mamlakat fuqarolari bor.

Hujum uyuştirgan şaxs ayni vaqtda qidirilmoqda.