Bugungi kunda unumdorlikni oshirish bo‘yicha juda ko‘p maqolalar berib borilmoqda. VC 2016 yilda chop etilgan, shaxsiy unumdorlikni oshirishga qaratilgan maqolalarning orasidan eng qiziqarlilarini jamlab taqdim etdi. 

Diqqatni jamlash

Shaxsiy unumdorlikni oshirishga doir maslahatlar ko‘pincha diqqatni jamlashga bog‘liq. Ishbilarmonlar vazifalarni bajarishda tashqi chalg‘ituvchilardan xalos bo‘lish usullarini izlashda davom etishimoqda. 

Barcha kiruvchi xabarlarni o‘chirib qo‘ying

Chalg‘ituvchi omillar bilan kurashishning eng samarali usuli - telefon va kompyuterdagi barcha kiruvchi xabarlarni o‘chirib qo‘yish. "Biz bir vaqtning o‘zida bir necha ishni to‘laligicha bajara olmaymiz. Ehtimol, siz "buni uddasidan chiqaman" deb o‘ylarsiz, lekin unday emas: aslida miyangiz vazifalarning biridan ikkinchisiga o‘tadi. Siz har chalg‘iganingizda miyangiz o‘chib yonaveradi", - deya ishonch bilan ta'kidlaydi Crew va Unsplash servislari asoschisi Mikael Cho. 

Bloger va ishbilarmon Shinivas Rao ham xuddi shunday maslahat beradi. "Kun davomida bajaradigan ishlarimning aksariyatini men bir soat ichida tugallashga muvaffaq bo‘laman". Buning sababi shundaki, u ishga kirishgan vaqtida telefon, ijtimoiy tarmoqlar, pochtasini o‘chirib qo‘yadi va uning qo‘l ostida faqat qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan narsalargina qoladi. 

Ishbilarmonning fikricha, shu yo‘l bilan har qanday yirik vazifani bajarish mumkin. Masalan, bir yilda kitob yozish, biror odatni shakllantirish yoki yangi tilni o‘rganish. 

Smartfonni offlayn-rejimga sozlang

ProcrastZero servisi asoschisi Darius Foruks qo‘llaydigan yana bir usul - chalg‘ituvchi omillarga o‘rin qoldirmaslik uchun Wi-Fi'ni o‘chirish.

"Insonlarning aksariyati texnologiyalardan foydalanmaydi, aksincha - texnologiyalar ulardan foydalanadi. O‘yinlar, ilovalar, filmlar va seriallar foydalanuvchining e'tiborini jalb qilish uchun yaratilgan. Shu bois ularsiz e'tiborni boshqa narsaga qaratishga to‘g‘ri keladi", - deb yozadi Darius Foroks.

Nima uchun Netflix 3, 2, 1 soniyadan keyin keyingi epizodni avtomatik ravishda yutqaza boshlaydi? Chunki shunday vaqtlarda siz "Mayli, yana bir epizodni ko‘ray-chi" deb o‘ylaysiz. Youtube'da ham xuddi shu ahvol. Servislar foydalanuvchining diqqatini ushlab turish uchun qiziqarli kontentni tavsiya qilishga harakat qilishadi, shu bois doimo yana bir video, yana bir maqola, yana bir o‘yin variantlari tayyor turadi.