12 yoshli bola sinfdoshiga qurol o‘qtalib tovuqli naggets talab qildi
Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi 12 yoshli bola sinfdoshiga qurol o‘qtalib, tovuqli taom talab qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bola seshanba kuni Harlemdagi "Makdonalds"da sinfdosh qizning yoniga kelib, unga tovuqdan tayyorlanuvchi Chicken McNuggets'laridan birini berishni so‘ragan. Qiz unga rad javobini berib, u yerdan ketgan. Bola uning iziga tushgan. Qiz eng yaqin oradagi metroga yetganida bola uning boshiga qurol o‘qtalib, "Makdonalds"dan olgan Chicken McNuggets'ni berishni talab qilgan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qiz qurolni siltab tashlab, uni tinch qo‘yishni aytgan.
Ertasiga qiz bo‘lgan voqea haqida maktab ma'muriyatiga xabar bergan. Bola politsiya uchastkasiga keltirilgan. Shunisi qiziqki, bolada hech qanday qurol topilmagan, shu bois bu voqea haqiqatda bo‘lgan yoki yo‘qligiga shubha paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:20 / 03.04.2024
Toshkentda xavfsizlik talabiga javob bermagan tovuq go‘shti muomalaga kiritilishining oldi olindi
11:59 / 27.03.2024
Hammasi birgina xato sabab – odamlarni tovuqxo‘rga, uy bekasini millionerga aylantirgan 500 tovuq hikoyasi
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023