Fan-texnika | 17:55 / 13.01.2017
5027
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda iPhone foydalanuvchilariga Apple bilan sudlashishga ruxsat berildi

AQSh apellyatsiya sudi iPhone foydalanuvchilariga Apple bilan sudlashishga ruxsat berdi. Kompaniya ilovalarni faqatgina App Store orqali xarid qilish imkonini beradi va shu tariqa, bunday smartfonlar uchun ilovalar bozorini faqat o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

AQShning 9-okrug sudi 12 dekabr kuni Apple o‘z foydalanuvchilariga ilovalarni faqatgina kompaniyaning rasmiy internet-do‘koni - App Store orqali xarid qilish imkonini berishini tan oldi. Bu esa Amerika monopoliyaga qarshi qonunchiligiga zid hisoblanadi.

«Eng yaxshi qaror Apple’ni insonlarga o‘zlari istalgan joylarda ilovani xarid qilishga imkon berishi bo‘lar edi. Bu bozorni ochib, narxlarni pasaytirishga yordam beradi», - deya ma'lum qildi Wolf Haldenstein Adler Freeman & Herz huquqshunosi Mark Rifkin Reuters bilan suhbatda. U foydalanuvchilar manfaatini himoya qilmoqda.

Uning fikricha, kompaniya yuqori narxlar uchun mijozlarga tovon pullarini to‘lashi kerak. Apple bu holat yuzasidan izoh bermagan.

Ma'lumot uchun, iPhone smartfonidan foydalanuvchi bir necha kishi Apple’ni 2012 yilda sudga berishgandi. O‘shanda kompaniya ilovalar sotuvi bilan shug‘ullanmasligi, faqatgina ishlab chiqaruvchilarga o‘z dasturlarini daromadning bir qismiga alishtirgan holda platforma taqdim etishi haqida ma'lum qilgandi. Quyi sudlar bundan avval faqat Apple tomonini olgan.
 

Mavzuga oid