Shavkat Mirziyoyev 4ta erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan. Farmon matni O‘zA sayti tomonidan taqdim etilgan.Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Quyidagilar «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilangan:
- tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
- Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta'minlash;
- meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
- mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e'tirof etilishini ta'minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
«Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024