19:05 / 13.01.2017
9751

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi sayyor qabulxonasi O‘rtachirchiq tumanida bo‘ldi

Foto: gazeta.uz

Toshkent viloyati IIBning sayyor qabulxonasi 2017 yilning 11-12 yanvar kunlari viloyatning O‘rtachirchiq tumanida bo‘ldi. Fuqarolar bilan muloqot davomida viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari vakillari huquq-tartibot masalalari bo‘yicha qilingan murojaatlar joyida rasmiylashtirilib, ularga to‘laqonli javob qaytarish yuzasidan tegishli xizmatlarga topshiriqlar berildi. Murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ayrim fuqarolarni qiynayotgan muammolar shu yerning o‘zida yechimini topdi. Shuningdek, mahalliy hokimlik mutasaddilari, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va kommunal xizmatlarning rahbarlari ishtirokida aholining boshqa ijtimoiy masalalardagi qiziqtirgan savollari tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Fuqarolarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati IIBning sayyor qabulxonasining O‘rtachirchiq tumanidagi muloqoti mobaynida viloyat ichki ishlar organlari vakillari O‘rtachirchiq tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, har birimizning oldimizda turgan muhim vazifalar muhokama etildi. Davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan hayotiy tamoyilni amalda qaror toptirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish nihoyatda ahamiyatli ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishdi.

Top