Jamiyat | 21:22 / 06.09.2019
8705
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar “AUTO CON” moslamasi yordamida aniqlanmoqda

Toshkent viloyati hududida joylashgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yordamida yil boshidan buyon 97 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. 

Ushbu fotoradar yordamida hamda sodir etgan ma'muriy xuquqbuzarligi uchun tuzilgan ma'muriy bayonnomalar uchun belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilardan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3-moddasi, ya'ni ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga asosan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bugun Nurafshon shahri, Zangiota, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l va Yuqorichirchiq tumanlarida Majburiy ijro byurosining xududiy bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda, maxsus reydlar tashkil etildi. 

Reydlar davomida “AUTO CON” moslamasi yordamida 332 nafar qarzdor haydovchi aniqlanib, ulardan 83 million 524 ming 760 so‘m jarima undirildi. Shuningdek, jarimalarni joyida to‘lay olmagan 38 nafar haydovchining transport vositalari jarima undirilgunga qadar jarima maydonlariga joylashtirildi.

Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot bo‘linmasi boshlig‘i

Mavzuga oid