Fotosuratlar «Qamchiq» dovoni sirlarini fosh qilmoqda
O‘zbekistondagi Qamchiq dovoni bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalayotgani haqida xabar bergandik. Bunday gap-so‘zlarning ko‘payishiga Toshkent-Andijon temir yo‘l qatnovi bekor qilingani ham yanada turtki berdi. Qolaversa turli ijtimoiy tarmoqlarda ham mana shu mish-mishga oid suratlar tarqaldi, turli ma'lumotlar berib borildi.
Facebook’dagi qator guruhlarda esa bir necha suratlar joylashtirildi. Unda Qamchiq dovonida yuk poyezdining halokatga uchragani tasvirlangan.
Internet foydalanuvchilarining yozishicha, Qirg‘izistonda 23 yanvar kuni yuz bergan yer silkinishi oqibatida kuchli ko‘chki ro‘y berib, Qamchiq dovonidagi temir yo‘lga hamda bu paytda temir yo‘ldan o‘tayotgan yuk poyezdining ustiga tushgan.
O‘sha kuni O‘zbekistonda yer osti silkinish kuchi o‘rtacha 3-4 ballni: Farg‘onada - 4 ball, Namangan hamda Andijonda - 3 ballni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘ida uning magnitudasi 4,5 ballni tashkil qilgandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi ham qisman tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida qutqaruvchilar otryadlarining kechayu kunduz navbatchiligi tashkil etilgani haqida ham xabar bergandik.
Demak, hozircha Qamchiq dovonida poyezdlar qatnovining to‘xtatilishi hamda qutqaruvchilar otryadlarining navbatchiligiga Qirg‘izistondagi zilzila tufayli ro‘y bergan ko‘chki sabab bo‘lgani haqida ma'lumotga egamiz.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonda hali-hamon biron bir rasmiy tashkilot ushbu vaziyatga izoh bergani yo‘q.
Toshkent-Andijon temir yo‘lidagi poyezdlar qatnovi qachondan boshlab qayta yo‘lga qo‘yilishi hozircha noma'lum.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

18:24 / 03.04.2025
Chegara muammolari hal bo‘ldimi? Markaziy Osiyoning bugungi manzarasi – ekspertlar nigohida

20:07 / 02.04.2025
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi

16:17 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli ochildi

17:08 / 28.03.2025