Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz qarori bilan «Toşkent şahri aeroportining yangi xalqaro yölovçi terminali (Toşkent-4) qurilişi» investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini (TIA) tasdiqladi.

«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi 2015−2019 yillarda Özbekistonda  Muhandislik-kommunikatsiya va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş dasturiga muvofiq «Toşkent aeroportining yangi xalqaro yölovçi terminalini (Toşkent-4) quriş» loyihasini amalga oşiradi.

Loyihaning maqsadi yölovçilarga eng zamonaviy, xalqaro standartlar va talablar darajasida xizmat körsatiş hisoblanadi. Bundan taşqari, loyiha Özbekistonda turizm sohasi rivojlanişiga hamohang tarzda aviaparvozlar hajmini oşirişga imkon beradi.

«Toşkent-4»ni quriş böyiça loyiha texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş işlari Xalqaro hamkorlik böyiça Koreya agentligi (KOICA) grant mablağlarini jalb etgan holda 2016 yil yanvar— iyul oylarida amalga oşirildi. Hujjatni tayyorlaş asnosida Janubiy Koreya tomoni Toşkent aeroporti va Özbekiston aviatsiya sohasining joriy holati, rivojlaniş istiqbollarini baholaş va «Toşkent-4» xalqaro yölovçi terminalini quriş konsepsiyasi işlab çiqiş böyiça katta hajmda iş olib bordi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş uçun KOICA mazkur sohada katta tajribaga ega bölgan 5ta koreys taşkiloti — «Inçxon» aeroporti, Heerim, Yooshin, EY Hanyoung va Koreya transport institutini jalb etdi.

2016 yilning dekabrida Özbekiston hukumati va Janubiy Koreya Eksimbanki örtasida loyihani amalga oşiriş uçun EDCF fondi mablağlarini taqdim etiş böyiça qarz kelişuvi imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 430,974 million dollarni taşkil etadi.

Yangi terminal maydoni hozirgisiga (Toşkent-2) nisbatan 2 marta kattaroq böladi (87 ming kvadrat metr), yölovçilarga xizmat körsatiladigan bino hajmi esa hozirgisini uç baravar ortda qoldiradi. Yangi terminal bir soatda 1,5 ming yölovçiga yoki yiliga 5,7 million yölovçiga xizmat körsatadi. 

3 yil davomida qurilişi rejalaştirilgan yangi terminalning quş parvozi balandligidan körinişi qanotini yozgan Humo quşini yodga soladi.

4 qavatli terminal 36 samolyotni siğdiradigan perron, avtomobillar turargohiga ega böladi.

Bundan avvalroq yangi terminalning qurilişi 2016 yildan boşlanişi, quriliş-montaj işlari 2019 yil oxiriga qadar yakunlanişi haqida xabar berilgan edi.