Dunyoda balolar köp: öt balosi, suv balosi, tuhmat balosi... Şundaylardan biri, va nazdimizda, eng yomoni qarz balosi? Ammo, uşbu qarzdorlik balosi tuhmat toşlari bilan birga vujudga kelsa, nima qiliş mumkin? Jurnalist Anvar Mustafaqulov şu haqda fikr yuritadi. Kun.Uz tahririyati uni özgarişlarsiz naşr qilişga qaror qildi.
«Uni kim yuzaga keltirdi, kim bartaraf etadi? Ayni kunlarda istagan şahardagi gavjum taşkilot bu gazta'minot idoralaridir. Afsuski, bir vaqtning özida bu yerda töplanayotgan yuzlab iste'molçilarning birortasi korxona faoliyatidan xursand emas. Yaqinda ötkazilgan qarzdorlik böyiça xatlov natijalari ana şunday holatni yuzaga keltirdi.
Tan oliş kerak, tabiiy gazdan qarzdorlik butun tizim faoliyatiga salbiy ta'sir ötkazmoqda. Ammo bu qarzdorlik qanday yuzaga kelmoqda? Samarqand şahrida ötkazilgan örganiş davomida şu savolga javob izladik.
Haqiqatan ham samarqandliklarning deyarli barçasi yillar davomida tabiiy gaz uçun tölov amalga oşirmayaptimi? Agar tölov qilinayotgan bölsa, nega xatlovdan keyin deyarli barça iste'molçi qarzdorga aylandi? Şunça vaqt mobaynida nega bu qarzlarni undiriş çoralari körilmadi? Va eng oğriqli savol, nega aholi xatlov natijalaridan norozi bölib bitta savolga javob topa olmayapti: «Har oy tölov amalga oşiraman, nega meni qarzdor qilişdi?».
«Samarqandşahargaz» filialida bölganimizda önlab iste'molçilar bizga ham şu savolni berişdi. Bundan ham yomoni, hatto tabiiy gaz tarmoğidan uzib taşlangan xonadon egalari ham bugun qarzdorlar safida sarsonu sargardon.
«Mahallamizda tabiiy gaz bosimi pasayib aksariyat xonadonlarga umuman kelmay qöyganiga ança böldi, - deydi Samarqand şahridagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yaşovçi Nasim Tursunov. – Yöq gazga qarz bölmaslik uçun 2014 yilda bir qator xonadonlar qatori men ham individual holda öz xonadonimni tarmoqdan uzdirdim. Ammo bugun tabiiy gazdan 4 000 000 söm qarz ekanimni ma'lum qilişdi. Holbuki men 2013 yil oktabr oyida hisob-kitobni amalga oşirib, qarzdorlikni “0” qilib, bu haqda ma'lumotnoma ham olgan edim. Agar tabiiy gaz berilgan taqdirda ham olti oyda şunça qarz böliş aqlga siğmaydi-ku?!
Bu muammoga barham beriş uçun mana, yigirma kundan beri gazta'minot idorasi eşigini poylayman. Qani endi birov eşitsa? Yaqinda bu haqda Xalq qabulxonasiga ma'lum qiliş uçun şahar hokimligiga bordim. Hali faoliyat boşlamagan ekan. Ammo hokimlikdagilar muammoimni eşitib, köz oldimda “Samarqandşahargaz” mutasaddilariga qat'iy topşiriq berişdi. Korxona xodimlari xonadonimga kelib vaziyatni örganadigan böldi. Ammo belgilangan kuni yana çuv tuşganimni angladim - heç kim kelmadi. Oçiği, kimga, qayerga murojaat qilişni ham bilmay qoldim».

















