Fan-texnika | 17:10 / 18.02.2017
13853
2 daqiqa o‘qiladi

LG G6 smartfoni taqdimotgacha fosh bo‘ldi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi 26 fevralda Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC-2017 ko‘rgazmada yangi LG G6 smartfonini taqdim etadi. Ammo, u haqda barcha ma'lumotlar oshkor bo‘lib bo‘ldi. Unga ko‘ra, telefon dizayni unchalik ham o‘zgarmaydi.

9to5google nashri yangi LG G6 telefonining suratlari va xususiyatlarini e'lon qildi. U turli fokus masofasiga ega ikkita kamera moduliga ega. Kameralar ostida smartfonni yoqish tugmasi bo‘lib, u barmoq izlarini ham skan qila oladi. 

LG G6 ekrani noan'anaviy displeyga ega bo‘ladi. Uning burchaklari egik shaklda. Bundan tashqari, avval xabar berilganidek, displey tomonlari o‘lchami 18:9 nisbatda. Ammo, LG yangi mahsulotiga nima uchundir yangi Snapdragon 835 emas, o‘tgan yilgi Snapdragon 821 protsessorini qo‘yishga qaror qilgan. 

9to5google manbasi, shuningdek, LG G6 telefonining ayrim xususiyatlarini tasdiqlagan:

Ekran: 5,7-dyuym;
Protsessor: Snapdragon 821 — 2,4 GGts chastotali 4ta yadro;
Xotira: 4 Gb operativ va 32 Gb ichki;
Akkumulyator: 3200 mAs.

Mavzuga oid