O‘zbekiston | 18:48 / 26.02.2017
67013
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston Xitoydan kemalar partiyasini qabul qilib oldi

24 fevral kuni tongida «Yuysinou» (Chuntsin-Sintszyan-Yevropa) xalqaro temir yo‘l marshruti orqali Chuntsindan yuborilgan kemalar partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar bergan.

Bu Xitoydan O‘zbekistonga shunday tipdagi mahsulotning temir yo‘l orqali yuborilgan ilk partiyasi bo‘ldi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistonga taqdim etgan bu yordami «Bitta mintaqa, bitta yo‘l» milliy dasturi doirasida yetkazildi. Bu kemalar O‘zbekistondagi kanallarni tozalashda qo‘llanadi. Bunday kemalardan jami 20tasi keltirilishi ko‘zda tutilgan. Kemalar 5ta partiya orqali yetkazilishi belgilangan, birinchi partiyada 3ta kema keltirilgan.

 

Mavzuga oid