Bundan 20-25 yillar avval, 11 yillik umumta'lim maktablarini tamomlagan yoşlar oldida ikki yöl turardi: oliy öquv yurtiga öqişga kiriş yoki… biror kasbni egallaş haqida boş qotiriş. Yanayam töğriroği, maktablar bitiruvçilaridan örtaça 10 nafardan biri oliy öquv yurtlariga kirardi, qolganlari esa köçada qolardi. Öşa davrning barmoq bilan sanarli «texnikum»larida kasb-hunarga örgatiş yöliga, haminqadar bölib, tizim ham nomigagina işlar edi.
Minglab kasb-hunar kollejlari bunyod etilib, 12 yillik bepul, majburiy ta'limni yakunlagan yoşlar bilim oliş barobarida, hunar ham egallamoqda va buni mamlakatda olib borilgan oqilona siyosatning yorqin dalolati deyiş mumkin. Yoşlarning öz ixtisosligi böyiça mehnat qiliş imkoni yaratilgani bilan bir qatorda sanoat, tadbirkorlik, hunarmandçilik, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, qöyingki, barça sohada tizimli rivojlanişga turtki berilgan.
Şu bilan birga savollar tuğiladi: davlat tomonidan yaratib qöyilgan beqiyos imkoniyat va şaroitlardan hamma vaqt, barça joylarda ham unumli foydalanilayaptimi? Ta'lim maskanlarida, jumladan, kasb-hunar kollejlarida ta'lim sifati qanday? Davomat-çi?
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi muxbirlari bu boradagi savollarga javob izlaş maqsadida jurnalistik suriştiruvlar olib bordi. Uşbu jarayonda imkon qadar olis tumanlar, qişloq joylardagi ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanişilgan. Bir qadar közdan pana, mutasaddilar ham unça-munçaga boravermaydigan hududlardagi vaziyatni örganiş haqiqiy ahvolni bilişning eng xolis yöli sifatida tanlangan.
Kollejlarda tartib-intizom, ta'lim sifati va boşqa masalalarga ijobiy özgarişlar kuzatilayotgani ta'kidlangan. Biroq davomat, ta'lim-tarbiya sifati, öquv maskanidagi şaroitlar borasida hali muammo va nuqsonlar kam emasligi qayd etilgan. Tayyorlangan material «Kun.uz» saytida ikki qismda berilmoqda.
Bordan köra yöği köproq
Sir emaski, öquvçilar dars va amaliy maşğulotlarga öz vaqtida, muntazam iştirok etsagina, fanlarni, kasb sirlarini çuqur özlaştiradi. Aksinça bölsa-çi?
Surxondaryo viloyatidagi Jarqörğon qişloq xöjalik kasb-hunar kollejidagi vaziyat taajjublanarli darajada. Uşbu kollejda ayni paytda 1053 nafar öquvçi ikkiga bölinib, ikki navbatda tahsil oladi. Joriy yil 9 fevral holatiga köra, tuşgaça öqişga kelişi lozim bölgan 660 nafar öquvçidan 335 nafarigina darsda iştirok etdi. Tuşdan keyingi davomat yanada açinarli: 392 nafar öquvçidan 230 nafari darsda emasdi. Kollej ma'muriyatining ma'lumotiga köra, ularning 25 nafari kollejga umuman kelmaydi.

















