Sport | 20:34 / 04.03.2017
12665
2 daqiqa o‘qiladi

“Uzbek Tigers” VS “Patriot Boxing Team”: hisob 3-0

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston va Rossiya jamoalari ishtirokidagi boks kechasining yana bir g‘olibi ma'lum bo‘ldi. «O‘zbekiston» sport majmuasida katta boks kechasi davom etmoqda. The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi jang qizg‘in tus olmoqda. 

Reglamentga ko‘ra, bokschilarning har biri 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishadi. 

Uchinchi navbatda 75 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi. “Uzbek Tigers” jamoasi vakili Isroil Madrimov Rossiyaning “Patriot Boxing Team” a'zosi Rajab Rajabovga qarshi jang olib bordi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Isroil Madrimov g‘alaba qozondi. Shu bilan, keyingi janglarning natijasi qanday bo‘lishidan qat'inazar “Uzbek Tigers” g‘alabasi ta'minlandi. 

Mavzuga oid