O‘zbekiston va Rossiya jamoalari ishtirokidagi boks kechasining yana bir g‘olibi ma'lum bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi boks kechasi davom etmoqda.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, raqib jamoalarning har bir a'zosi 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishadi.
Ringga ikkinchi bo‘lib 64kg vazn toifasidagi bokschilar ko‘tarilishdi.
“Uzbek Tigers” jamoasi vakili Elnur Abduraimov Rossiyaning "Patriot Boxing Team" a'zosi Radmir Abduraxmonovga qarshi jang olib bordi.
Qizg‘in kechayotgan janglarni Shotlandiya, Yaponiya, Shri-lanka hamda Avstraliyadan kelgan hakamlar boshqarib borishmoqda.
Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Elnur Abduraimov g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishmoqda.
Mavzuga oid
13:19 / 13.12.2020
Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasiga prezident etib saylandi
22:07 / 06.08.2019
AIBA rahbari iste'foga chiqdi – OAV
09:33 / 16.07.2019
G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatidagi vakolatlarini butunlay topshirdi
23:16 / 03.07.2019