Jahon | 22:54 / 07.03.2017
4065
3 daqiqa o‘qiladi

Argentinaning sobiq prezidenti unga nisbatan sud ishi to‘xtatilishini so‘radi

Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner suddan o‘ziga nisbatan pullarni yuvish va korrupsiya ayblovi bilan olib borilayotgan ishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda Kirshner so‘roq vaqtida sudyaga bergan yozma arizasida aytilgan. 

"Menga nisbatan olib borilayotgan sud ishini to‘xtatishingizni so‘rayman", deb yozilgan arizada.

"Avval ko‘plab marotaba aytganimdek, men sud va media ta'qibi obekti hisoblanaman. Mamlakatimiz tarixida bu kabi ta'qib bo‘lmagan. Mening holatimda esa u farzandlarim Maksimo va Florensiya Kirshnerga ham tatbiq qilinmoqda", deb aytgan sobiq prezident. 

6 mart kuni sud oldida Kirshnerning farzandlari ko‘rsatma berishni boshlashgan. Ular o‘zlarining yozma arizalarida tegovning xolisligini shubha ostiga qo‘yishgan. Sobiq prezidentning aytishicha, ayblov tomonning fikricha, Kirshner oilasiga tegishli Los Sauces kompaniyasi aralashgan jinoiy guruh faoliyat yurita boshlaganda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda bo‘lgan. 

O‘tgan yil may oyida Argentina prokuraturasi deputat va prezidentlikka sobiq nomzod Margarita Stolbiserning arizasini ko‘rib chiqa boshlagan. Arizaga ko‘ra, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi Los Sauces kompaniyasi Lasaro Bayes va Kristobal Lopes ismli tadbikorlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan korruptsion sxemadan olingan pullarni yuvishda qo‘llangan bo‘lishi mumkin. Kompaniyani Kristina Kirshner va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshner boshqarganda tadbirkorlar davlatdan ko‘plab buyurtmalar olishgan. 

Ayni vaqtda sobiq prezidentga nisbatan ikkita ish qo‘zg‘atilgan. U davlat mablag‘larini o‘g‘irlash uchun jinoiy til biriktirishda va Argentina markaziy bankidagi firibgarliklarda ayblanmoqda. U shuningdek noqonuniy davlat orttirish va korrupsiyada ham ayblanmoqda.  

Mavzuga oid

E`lonlar