«Bo‘lishi mumkin emas» - Dorilar topilmayotgani va konvertatsiya qilinmayotgani rad etildi

Bugun, 21 aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida qator vazirlar o‘rinbosarlari bilan «Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1 chorak» nomi ostida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov, Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova, FVV rahbari o‘rinbosari Komiljon Oripov, IIV rahbari birinchi o‘rinbosari Ilhom Turg‘unov, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shohrux Shoahmedov, Oliy sud raisi o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘ayev, Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Mahmud Ziyodullayev, Advokatlar uyushmasi raisi Ravshan Ahmedov, Adliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Davron Qalandarov, Iqtisodiyot vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Feruz Rahmatov va Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Kamoliddinov jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.
Anjumanda «Kun.uz» muxbirlari ham ishtirok etishdi va o‘z savollarini berishdi.
Savollardan biri sayt tahririyatiga kelib tushgan murojaat asosida berilgan. Tegishli rahbarlardan O‘zbekistonda kuzatilayotgan dori yetishmovchiligiga izoh so‘ralgan. Xususan, qandli diabet xastaligiga chalingan bemor uchun insulin dorisini topish muammo bo‘layotgani keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, dorixonalardan birida dori tugab qolganiga «yanvar oyidan beri bankdan pul konvertatsiya qilib berilmayotgani, buyurtma berilgani, lekin pulini to‘lay olishmayotgani, konvertatsiya ochilsa ham bir oyda aptekaga yetib kelishi» haqida aytilib, javob qaytarilgan.
O‘zbekistonda import mahsulotlari uchun konvertatsiya yopilgani rostmi?
Vazir o‘rinbosarlariga yuzlangan muxbir ungacha O‘zbekistondagi kasallar nima qilishi kerakligi haqida so‘ragan.
«Barcha endrokrinologik xizmatlarni amalga oshiradigan klinikalarda qandli diabetga taalluqli barcha dorilar bor. Bunday holatlarni alohida holat bo‘lgani uchun alohida shug‘ullanishimiz mumkin. Mamlakatimizda bugungi kunda qandli diabet bilan kasallangan barcha bemorlarga dorilar yetishi shart», degan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova.
Konvertatsiya masalasidagi savolga bank vakili javob qaytargan.
«Dori vositalarini konvertatsiya qilish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib borilmoqda. Respublikadagi farmakologik korxonalar tomonidan konvertatsiyaga oid berilayotgan buyurtmalar muntazam ravishda oyma-oy konvertatsiya qilib kelinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birinchi darajadagi dorilar va konvertatsiya qilinishi lozim bo‘lgan dorilar ro‘yxati taqdim etilgan. Bu bo‘yicha muammo bo‘lishi mumkin emas. Siz aytgan holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berilsa, alohida shug‘ullanib, o‘rganib chiqishimiz mumkin», degan Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shohrux Shoahmedov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

14:19 / 29.01.2024
“Konvertatsiyaning orqasidan milliarderlar paydo bo‘ldi” - Murod Muhammad Do‘st

23:09 / 18.01.2024
Konvertatsiyani davom ettirish uchun eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak - prezident

19:08 / 16.09.2023
“Bo‘layotgan valuta operatsiyasining qaysi maqsadga mo‘ljallangani o‘rganilishi kerak” – Mamarizo Nurmurodov

17:45 / 16.09.2023