Iqtisodiy tahlilçi Yuliy Yusupov prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 19 aprel kuni ötkazilgan videoselektor majlisini şarhladi.

«Islohotlarga konvertatsiya joriy qilinişidan manfaatdor bölmaganlar tiş-tirnoği bilan qarşi çiqişyapti», — deydi u.

«Iqtisodiy islohotlarsiz importni optimizatsiya qiliş va eksport salohiyatini  amaliyotga tatbiq etişning iloji yöq», — degan Yusupov.

Majlisda işlab çiqarişni mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş hisobiga importni optimallaştiriş çoralari, şuningdek, eksportning prognoz parametrlari va hajmini oşiriş masalalari muhokama etilgan edi.

— Davlat rahbari valyuta mablağlarining samarasiz işlatilişiga sabab böluvçi import hajmining asoslanmagan ösişi masalasini örtaga taşladi. Import strukturasi va nomenklaturasi importçilarning faoliyatiga mosligini nazorat ostiga oliş, şuningdek, bojxona tölovlari böyiça qonunçilikda nazarda tutilgan imtiyozlarni töliq qayta körib çiqiş böyiça topşiriqlar berildi. Siz bu çoralarni qanday baholaysiz?

— Avvalo bir neça vaziyatlarni ajratib oliş lozim. 

Birinçidan

Import hajmining asoslanmagan ösişi muammosi, nazarimda, mamlakatda bir neça valyuta almaştiriş kursi mavjudligi bilan boğliq. Prezidentni taşvişga solayotgan narsa, aftidan, rasmiy kurs orqali katta hajmda import mahsulotlar xarid qilinayotgani bölsa kerak. Bu nega yuz bermoqda? Javob ravşan: bozor kursi (qora bozor va birja kursidan) karrasiga farqlanuvçi rasmiy kurs bilan valyuta sotib olişga qodir importçilar valyuta sotib oliş faktining özidayoq ulkan, işlab topilmagan foydaga ega bölişadi. Öz-özidan tuşunarliki, rasmiy kursdagi valyutaga talab amalda heç qaçon çeklanmagan böladi. 

Bu muammoni faqat rasmiy almaştiriş kursini devalvatsiya qiliş, joriy operatsiyalar böyiça konvertatsiyaga çeklovlarni bekor qiliş va naqd pul aylanmasi yölidagi ma'muriy tösiqlarni yöq qiliş bilangina yeçiş mumkin, bu çoralar valyuta ayirboşlaş kurslarining yagona bölişiga olib kelişi kerak. Amaldorlarning kabinetida emas, bozor şaroitda şakllangan ayirboşlaş kursi talab va taklifning muvozanatga kelişini ta'minlaydi, valyutaga bölgan katta talabni yöqqa çiqaradi, bugungi kunda valyutani davlat kursida xarid qilayotgan tanlangan importçilarni buyuk daromadlardan mahrum etadi.