O‘zbekiston | 09:51 / 21.04.2017
4573
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va "Gazprom" o‘zaro hamkorlik istiqbollarini yuqori baholashdi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov 20 aprelda Moskvada "Gazprom" kompaniyasi boshqaruv raisi Aleksey Miller bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
"Gazprom" matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga yuqori baho berdilar.
Ibrohimov va Miller 2017 yil aprelida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi vaqtida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishdagi birinchi navbatdagi qadamlarni muhokama qilishdi.
Tomonlar, jumladan, geologorazvedka va injiniring-innovatsion ishlar o‘tkazish sohasida o‘zaro hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024