Körinmas qiruvçilar, atom suvosti kemalari, josus kemalar va hatto uçar kemalar — bularning barçasi XXR harbiy qudratini namoyiş etiş maqsadida oşkor qilinmoqda. Albatta, Xitoy ilk atom suvosti kemasining olqişlaydigan heç qanday jihati yöq edi. Ötgan asrning 70-yillarida barpo etilgan kema serşovqin bölib, suv ostida öq uza olmasdi, jamoa esa radiatsiya ta'siriga duç kelar edi. Hozirda, uni muzeyda köriş mumkin, xolos, deyiladi Quartz naşrida e'lon qilingan maqolada.  

Ammo, Xitoy ötgan davr mobaynida harbiy texnika işlab çiqariş sohasida ança ilgarilab ketdi. Mamlakatning zamonaviy suvosti kemalari texnik körsatkiçlari bilan hatto AQŞni taşvişlantirmoqda. XXR esa öz natijalari bilan çeklanib qolayotgani yöq. U suvosti kemalari işlab çiqariş uçun dunyodagi eng yirik kemasozlik zavodini barpo qilmoqda. 

Töğri, harbiy sohadagi muvaffaqiyat faqat suvosti kemalari bilan ölçanmaydi. Xitoy hamon köplab sohalarda AQŞdan sezilarli orqada, uning eksport uçun işlab çiqarayotgan qurollarining işonçlilik darajasi savollarni tuğdiradi. Biroq, uning ayrim jangovar texnikalari jiddiy töqnaşuvda öziga yaraşa tahdid solişi bilan ma'lumdir. Aytiş mumkinki, XXR raisi Si Jinpingning harbiy sohani modernizatsiya qiliş dasturi töliq amalga oşirilmoqda.

«Uça oladigan kema» 

Ötgan hafta dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiyaning parvozdan avvalgi sinovlari ötkazildi. Xitoy davlat aviatsiya korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan AG600 ölçami jihatidan Boeing 737 havo kemasiga mos keladi hamda dengizda uçiş va qönişga möljallangan. Şu bilan birga, u quruqlikdan ham havoga kötarila oladi. Kompaniyaga köra, bu samolyot dengiz qutqaruv işlari hamda örmon yonğinlariga qarşi kuraşişda qöllaniladi. U 20 daqiqada 12 tonna suvni bortiga tortişi mumkin. Ammo, Pekinning Janubiy Xitoy dengiziga hududiy da'volari e'tiborga olinsa, 50 yölovçi hamda 4,5 ming kmgaça uça oladigan samolyotning dengiz patrullik işlarida qöl kelişi şubhasiz. Uning quruqlik uzra ilk parvozi şu oyda amalga oşiriladi, dengizdan havoga kötarilişi joriy yilda bölib ötadi. 

 

«Xitoyda işlab çiqarilgan» aviataşuvçi kema 

Xitoy uzoq yillar mobaynida bittagina aviataşuvçi kemaga ega bölib keldi. Buning izohi esa judda oddiy. Çunki, «Lyaonin CV-16» sovet davri Ukrainasiga tegişli kemaning qayta jihozlangan namunasi edi. Lekin, ötgan haftada Xitoy özi işlab çiqargan ilk aviataşuvçi kemasini namoyiş etdi. Da­lyan portida turgan va hozirça nomsiz kema ham Amerika kemalaridan texnik tavsiflari böyiça ortda qoladi. xususan, samolyotlarni tezlaştiriş uçun xizmat qiluvçi katapultalar yetişmaydi, yadro yoqilğisida emas, oddiy yoqilğida işlaydi. Şu bilan birga, bu Xitoyning ilk submarinalari kabi buyuk kelajak uçun dastlabki qadamlar bölişi mumkin.